Bugun
13
O'zbek

Rodri: «Yamal hissiyotlarini biroz jilovlashni o'rganishi kerak»

Futbol
12 iyul, 16:00
Ispaniyalik yarimhimoyachi yosh jamoadoshining hali yanada rivojlanishiga ishonmoqda.
Rodri: «Yamal hissiyotlarini biroz jilovlashni o'rganishi kerak»
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri jamoadoshi Lamin Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Ba'zida u hissiyotlarini va o'zini ko'rsatishga bo'lgan kuchli ishtiyoqini biroz nazorat qilishi kerak. Yamal — ajoyib futbolchi. U hali o'yin ritmini va uchrashuvning borishini yanada yaxshi his qilishni o'rganadi. Uning yoshini hisobga olsak, bu mutlaqo tabiiy holat», — dedi Rodri.

18 yoshli Yamal 2025/26 yilgi mavsumda «Barselona»ning eng yaxshi to'purariga aylandi. U barcha musobaqalarda 24 ta gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

JCH-2026da esa vinger 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylandi. Ispaniya terma jamoasi yarimfinalda 14 iyul kuni Arlington shahrida Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar