«PSJ» Yaponiya milliy jamoasi va Italiyaning «Parma» klubi darvozaboni Zion Suzuki transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar tez sur'atlarda davom etmoqda va 23 yoshli darvozabon «Parma»ni tark etishga yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, Italiya klubi Suzukining o'rnini to'ldirish maqsadida «Yuventus»dan Jovanni Daffarani o'z safiga qo'shib olgan.
Zion Suzuki JCH-2026da Yaponiyaning asosiy darvozaboni bo'ldi. Yaponiyaliklar 1/16 final bosqichida Braziliyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, turnir bilan xayrlashgandi.