Bugun
13
O'zbek

Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin

Futbol
12 iyul, 15:20
Kolumbiyalik yarimhimoyachiga «Latsio» qiziqish bildirmoqda.
Xames Rodriges Yevropaga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Kolumbiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodriges faoliyatini yana Yevropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Rimning «Latsio» klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida 35 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. «Minnesota Yunayted»ni tark etgan Rodriges ayni paytda erkin agent maqomida.

Qayd etilishicha, rimliklar JCH-2026dagi ishtirokidan so'ng kolumbiyalik futbolchining o'yinidan ijobiy taassurot olgan.

Rodriges mundialda Kolumbiya milliy jamoasining barcha beshta uchrashuvida maydonga tushdi, biroq gol yoki assist qayd eta olmadi.

Xames joriy yilning fevralidan iyunigacha «Minnesota Yunayted» safida to'p tepdi. U ushbu davrda 8 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar