Bugun
10
O'zbek

Rasman: «Inter» Ivan Provedel transferini e'lon qildi

Futbol
8 iyul, 16:10
32 yoshli darvozabon «Latsio»dan Milan klubiga ko'chib o'tdi.
Rasman: «Inter» Ivan Provedel transferini e'lon qildi
Foto: Getty Images

Italiya chempioni «Inter» darvozabon Ivan Provedel transferini rasman e'lon qildi.

Bu haqda Milan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar to'laqonli transfer bo'yicha kelishuvga erishgan. 32 yoshli posbon bilan 2029 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Provedel 2022 yildan buyon «Latsio» safida to'p tepib kelayotgandi. Bundan avval u «Spetsiya», «Empoli» va Italiyaning boshqa klublarida ham faoliyat yuritgan.

Darvozabon o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 29 ta bahsda maydonga tushib, 12 uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Mavsum davomida u jami 30 ta gol o'tkazib yuborgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq shveysariyalik darvozabon Yan Zommerning shartnomasi yakunlangach, u «Inter»ni tark etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar