Bugun
10
O'zbek

Venger: «JChda Fransiyani faqat bir jamoa yutishi mumkin»

Futbol
8 iyul, 15:12
«Arsenal» sobiq ustozi hamyurtlarini asosiy favorit deb hisoblab, faqat bir raqibdan xavfsirayotganini aytdi.
Venger: «JChda Fransiyani faqat bir jamoa yutishi mumkin»
Foto: Getty Images

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda FIFA'ning global futbolni rivojlantirish bo‘limi rahbari hisoblangan Arsen Venger Jahon chempionati-2026 favoritlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Fransiya Jahon chempionatini yutadi. Bilaman, siz: «Albatta, shunday deysiz, chunki fransuzsiz», deb aytasiz. Lekin bu mundialni tahlil qilsangiz, o‘yinlar juda yuqori sur'atda kechayotganini ko‘rasiz va bunga moslasha olish kerak. Masalan, Osiyo jamoalari aynan shu intensivlik va tempga dosh bera olmagani uchun musobaqani tark etishdi. Ularga raqobat qilish uchun texnik salohiyat yetishmadi.

Men uchun asosiy savol — Ispaniya. Agar hozir Fransiyani mag‘lub eta oladigan biror jamoa bo‘lsa, Ispaniyani aytgan bo‘lardim. Chunki ularning texnik darajasi Fransiyanikidan yuqoriroq»
, — deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar