Bu haqda FIFA o‘zining X tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.
Jahon chempionati 1/4 final doirasidagi Fransiya — Marokash hamda Ispaniya — Belgiya o‘yinlari hakamlari e’lon qilindi.
Fransiya — Marokash o‘yinini Fakundo Telo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Xuan Pablo Belatti va Gabriel Chade yordam beradi, to‘rtinchi hakam — Dario Errera, zaxira hakami — Kristian Navarro (barchasi Argentinadan).
Ispaniya — Belgiya bahsida esa angliyalik Maykl Oliver brigadasi faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari Styuart Byort hamda Jeyms Meynvoring yordam bersa, to‘rtinchi hakam — Ramon Abatti va zaxira hakami — Rafael da Silva Alves Braziliyadan.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya — Marokash o‘yini ertaga tunda, Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi. Ispaniya — Belgiya bellashuvi esa juma, 10 iyul kuni tunda 23:59da boshlanadi.