Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Fransiya futbol federatsiyasining yarimhimoyachi Maykl Olisega ko‘rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqida L'Équipe xabar berdi.
Olise jahon chempionati 1/8 finalida Paragvayga qarshi (1:0) uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida ogohlantirilgan edi. Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bu qarorni tasdiqladi.
«Bugun ertalab FIFA qarorini oldik: kartochka o‘z kuchida qoladi», — dedi Desham.
Agar futbolchi Marokashga qarshi chorakfinal bahsida yana sariq kartochka olsa, Fransiya yarimfinalga yo‘llanma olgan taqdirda, u «uchranglilar»ga yordam bera olmaydi.
Ma'lum qilinishicha, Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) yaqinda AQSH hujumchisi Folarin Balogun bo‘yicha qabul qilingan qarordan so‘ng apellyatsiya bilan chiqqan edi.
Avvalroq FIFA amerikalik forvardga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi