Live
5
O'zbek

YeCHL saralashi. «Qayrat» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Sutyeska»ni mag'lub etdi

Futbol
8 iyul, 13:04
Qozog'iston klubi javob bahsi oldidan minimal ustunlikni qo'lga kiritdi.
YeCHL saralashi. «Qayrat» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Sutyeska»ni mag'lub etdi
Foto: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi 2026/27 yilgi mavsumi birinchi saralash bosqichi ilk bahsida Qozog'istonning «Qayrat» klubi Chernogoriyaning «Sutyeska» jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Olmaotadagi Markaziy stadionda bo'lib o'tgan bahsning ilk goli 76-daqiqada «Qayrat» himoyachisi Lukas Afriko tomonidan urildi.

Mehmonlar 90-daqiqada Marko Mrvalevichning aniq zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. Biroq mezbonlar 90+3-daqiqada Mark Gualning goli bilan g'alabani ilib ketdi.

Jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 15 iyul kuni Chernogoriyada bo'lib o'tadi.

Chempionlar ligasi, 1-saralash bosqichi
«Qayrat» (Qozog'iston) — «Sutyeska» (Chernogoriya) 2:1
Gollar:
Afriko, 76 (1:0), Mrvalevich, 90 (1:1), Gual, 90+3 (2:1).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qayrat Oma ota Qayrat Oma ota
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar