Lamin Yamal «Inter» 2025 yilgi Chempionlar ligasi yarimfinalida «Barselona»ni mag‘lub etganidek holatni boshqa takrorlay olmasligiga ishonadi.
Birinchi bahsda jamoalar 3:3 hisobida durang o‘ynagan, javob bellashuvida esa milanliklar qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol evaziga 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.
— «Barselona»ning so‘nggi ikki YChL mavsumini qanday tahlil qilgan bo‘lardingiz? Chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun nima yetishmadi?
— Bu yerda hammasi oddiy. Agar «Inter»ga qarshi o‘sha ikkinchi o‘yinda vaziyatlarni o‘z foydamizga hal qilganimizda, hech qachon hisobni tenglashtirgan golni 90+3-daqiqada o‘tkazib yubormasdik. Biz yosh jamoa edik, qarorlar bir zumda qabul qilinadi, 20 yoshda buni 30 yoshdagidek bajara olmaysiz. Aynan shu mayda detallar — omad va tajribaning uyg‘unligi — biz asta-sekin takomillashtirib borayotgan jihatlardir. Umid qilamanki, bu mavsum bizniki bo‘ladi.
— «PSJ» Dembele bilan Chempionlar ligasida dubl qayd etgani va birinchi g‘alabasi «Oltin to‘p» mukofoti topshirilishiga ta’sir qilgani sizga alohida motivatsiya beradimi?
— Ha, albatta. Endi navbat bizniki — bu sovrinni ko‘tarishni xohlaymiz. Bu barchamizni ruhlantiradi: biz Madridda bo‘lishni va Chempionlar ligasi finalida o‘ynashni istaymiz, — deya «Barselona» vingerining so‘zlarini keltiradi L'Equipe.
Yamal: «Bu mavsumda YChL bizniki bo‘ladi»
Futbol
23 sentabr, 14:58
72
«Barselona» vingeri finalga chiqish uchun jamoasiga avvalgi ikki mavsumda nimalar yetishmaganini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi