Bugun
27
O'zbek

Anri «Barselona»ni mavsum startidagi eng yaxshi jamoa deb atadi

Futbol
24 sentabr, 10:30
Fransiyalik sobiq futbolchi kataloniyaliklarning hozirgi o‘yinidan kuchli taassurot olganini aytdi.
Anri «Barselona»ni mavsum startidagi eng yaxshi jamoa deb atadi
Foto: Getty Images

«Arsenal», «Yuventus» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri ushbu mavsum boshida dunyoning eng yaxshi jamoasi qaysi ekani haqidagi savolga javob berdi. Fransiyalik mutaxassis hozirgi holat tez o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlab, aniq bir jamoani eng kuchlisi sifatida ko‘rsatishni istamadi.

«Hozir eng yaxshi jamoa istalgan jamoa bo‘lishi mumkin va bu uzoq davom etmasligi ham mumkin. Shu sababli bu savolga javob berishni istamayman. Biz faqat ayni paytdagi holat haqida gapiryapmiz. O‘tgan mavsumdagi «PSJ»ni eslang. Avvaliga hech kim u Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi, deb aytmagan edi, keyin esa ular turnirda zafar quchdi», — dedi Anri AS nashriga.

Shu bilan birga, sobiq hujumchi «Barselona»ning mavsumni juda kuchli boshlaganini alohida qayd etdi.

«Ammo tan olish kerak, hozir «Barselona» barchani qo‘rqitmoqda. Ular shunchaki qo‘rqinchli», — deya qo‘shimcha qildi Anri.

Ma’lumot uchun, «Barselona» ushbu mavsum Ispaniya chempionatida dastlabki yetti turdan so‘ng 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar