La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar ma’lum bo‘ldi.
Sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha mukofotga uch nafar mutaxassis da’vogarlik qilmoqda:
— Hans-Diter Flik («Barselona») — oy davomida 4 ta o‘yin, 4 ta g‘alaba, to‘plar nisbati — 19:5;
— Diego Simeone («Atletiko») — 3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati — 9:4;
— Manuel Pellegrini («Betis») — 3 ta g‘alaba, 1 ta durang, to‘plar nisbati — 5:2.
G‘olib muxlislar va ekspertlarning ovozlari soniga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, avgust oyida «Alaves» ustozi Kike Flores eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etilgan.
Avvalroq oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlishga nomzodlar roʻyxati maʼlum qilingandi.
Flik, Simeone, Pellegrini — La Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzod
Futbol
23 sentabr, 18:05
5
G‘olib muxlislar va ekspertlarning ovozlari soniga ko‘ra aniqlanadi.
Foto: La Liga
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi