Bugun
23
O'zbek

«Real» Tebasning iste’fosini talab qilmoqda

Futbol
22 sentabr, 14:11
    29
Madrid klubi La Liga prezidentining bayonotlaridan norozi.
«Real» Tebasning iste’fosini talab qilmoqda
Фото: Getty Images

«Real» klubi La Liga prezidenti Xavyer Tebasning so‘nggi bayonotlariga javob qaytarib, uni yana bir bor iste’foga chaqirdi.

«Real Madrid» klubi La Liga prezidenti Xavyer Tebas Medrano o‘zining institutsional mavqeidan foydalanib, har bir ommaviy chiqishida klubimizni obro‘sizlantirishi va unga qarshi hujumlar uyushtirishini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

La Liganing barcha klublari manfaatlarini ifoda etishi va himoya qilishi kerak bo‘lgan insonning «Real»ga nisbatan doimiy munosabati chuqur xavotir uyg‘otadi. U klubimizni ommaviy tanqidlarining doimiy nishoniga aylantirishda davom etmoqda. Uning so‘nggi chiqishi ayniqsa jiddiy va tushunarsiz bo‘ldi hamda mas’ul rahbarga xos emas. Chunki u mustaqil jurnalist tomonidan raqamli nashr uchun yozilgan maqolaga javob qaytardi. Biroq shu bilan birga klubimizga hujum qilib, sport strategiyamizni baholashni ham o‘z zimmasiga oldi. Bu mutlaqo mantiqsiz va mas’uliyatsiz yondashuv. Kerak bo‘lgan institutlarga nisbatan ishonchni mustahkamlash uchun foydalanishi lozim.

Shu orqali u La Liga va umuman ispan futboli nufuziga butun dunyo miqyosida zarar yetkazishda davom etmoqda. Klublarga halollik bilan xizmat qiladigan inson kerak. La Liga prezidenti musobaqaning egasi emas, balki liga tarkibidagi klublar ishonch bildirib, uni boshqarishni topshirgan rahbar bo‘lishi kerak», — deyiladi klub bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

29 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar