Live
1
O'zbek

Mbappe APLning qaysi klubiga o‘tishi mumkinligini aytdi

Futbol
22 sentabr, 09:00
Fransiyalik hujumchi faoliyatining dastlabki yillarida «Liverpul»ga o‘tishga yaqin bo‘lganini ma’lum qildi.
Mbappe APLning qaysi klubiga o‘tishi mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatining dastlabki bosqichida Angliya Premyer-ligasining qaysi klubiga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi. Fransiyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, uning onasi «Liverpul»da o‘ynashini istagan.

«Onamning eng yoqtirgan varianti «Liverpul» edi. U mening aynan shu jamoada o‘ynashimni xohlardi. Bu qiziq voqea, chunki bu haqiqat. «Monako»da o‘ynaganimda qaror qabul qilishim kerak edi. «Liverpul»ga o‘tishga yaqin edim, chunki onam Yurgen Klopp boshqargan «Liverpul»ning katta muxlisi edi», — dedi Mbappe.

Hujumchi Klopp bilan uchrashgani va germaniyalik mutaxassisning loyihasi haqida suhbatlashganini ham esladi.

«Men u bilan uchrashganman, munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Men uni hurmat qilaman. Samolyotda aylana uchganimiz esimda. U menga o‘z loyihasi haqida gapirib berardi, men esa: «Siz meni boshqa ishontirishingiz shart emas, axir siz Yurgen Klopp, «Liverpul» esa buyuk klub», — derdim», — deya Mbappe so‘zlarini keltirdi The Touchline.

Biroq fransiyalik futbolchi yakunda onasining istagiga quloq solmagan. Mbappe Parijga qaytishni va Fransiyada o‘ynashni istaganini, o‘sha paytda mamlakatni tark etishga tayyor bo‘lmaganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe «Monako»dan 2017 yilda «PSJ»ga o‘tgan va keyinchalik «Real» safida faoliyatini davom ettirgan.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp ham avvalroq Mbappeni «Liverpul»ga olib kelish uchun muzokaralar olib borganini aytgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar