Bugun
23
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinida kiyadigan libosini namoyish etdi

Futbol
22 sentabr, 04:45
    10
Leo 6 oktabr kuni Beninga qarshi bahsda Argentina libosidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.
Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinida kiyadigan libosini namoyish etdi
Foto: Lionel Messi (Instagram)
06.10.2026, 16:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina - : - Benin Benin

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlash arafasida ijtimoiy tarmoqda maxsus post qoldirdi.

«So‘nggi o‘yin. Bir umrlik libos», — deb yozdi 39 yoshli argentinalik yulduz Instagramdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini 6 oktabr kuni o‘tkazadi. «Kumushrang o‘lka vakillari»ning raqibi Benin milliy jamoasi bo‘ladi. Bahs Buenos-Ayresdagi stadionda tashkil etiladi.

Qayd etish lozim, Messi Argentina milliy jamoasi safida jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Hujumchi ushbu bahslarda 125 ta gol urib, 68 ta assist amalga oshirgan.

Shuningdek, Lionel Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan va milliy jamoa safida ikki marta Amerika kubogi g‘olibi bo‘lgan. 6 oktabrdagi uchrashuv esa afsonaviy futbolchining Argentina libosidagi so‘nggi bahsi bo‘ladi.

Avvalroq Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar