Live
1
O'zbek

Argentina FIFA o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol
15 sentabr, 16:41
Afrika vakillari Argentinaga boradi.
Argentina FIFA o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi sentyabr oxiri va oktabr oyining boshida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

Lionel Skaloni shogirdlari birinchi uchrashuvni 30-sentyabr kuni Kordova provinsiyasidagi Boliviyaga qarshi o‘tkazadi.

Qolgan ikki bahs esa Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» stadionida bo‘lib o‘tadi. 3-oktyabr kuni Argentina Burkina-Faso bilan, 6-oktyabr kuni esa Benin bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Argentina 2026-yilgi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan va hal qiluvchi bahsda Ispaniyaga qo‘shimcha taymda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar