«Lans» klubi bosh murabbiy Dino Toppmöller bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
«Jamoa hayoti, ish jarayoni va murabbiylar shtabi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘plab muhokamalardan so‘ng bosh murabbiyga shtabni qayta tashkil etish zarurligi ma’lum qilindi. Dino Toppmöller ushbu tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlay olmagani sababli, klub mas’uliyat bilan yondashgan holda u va uning ikki nafar yordamchisi bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi», — deyiladi klub bayonotida.
Qayd etilishicha, germaniyalik 45 yoshli mutaxassis shartnomada ko‘zda tutilgan tovon pullarining salmoqli qismidan ixtiyoriy ravishda voz kechgan.