«Atletiko Nasional» yarim himoyachisi Xames Rodriges Kolumbiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
Bu haqda 35 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
«Vaqti keldi. Birga baham ko‘rgan har bir o‘yin, har bir quvonch, ko‘z yoshi va orzu uchun rahmat. Kolumbiya milliy jamoasi sharafini himoya qilish hayotimdagi eng buyuk sharaflardan biri bo‘ldi. Rahmat, Kolumbiya. Abadiy», — deb yozdi Rodriges.
Xames milliy jamoa safida 131 ta uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 48 ta assistga mualliflik qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi