Live
8
O'zbek

«Barselona» Rafinya bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshladi

Futbol
15 sentabr, 15:57
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan.
«Barselona» Rafinya bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshladi
Фото: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deko jamoa hujumchisi Rafinya bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishni boshladi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Deko va klub vakili Alejandro Echevarriya Rafinya bilan Kastelde felsdagi restoranlardan birida norasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Suhbatda futbolchining rafiqasi Taia Belloli ham ishtirok etgan.

Uchrashuv davomida tomonlar braziliyalik futbolchining «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirish masalasini dastlabki tarzda muhokama qilgan.

Rafinya bu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar