Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus transfer oynasi davrida Londonning «Arsenal» klubidan Kataloniyaning «Barselona» jamoasi safiga ko‘chib o‘tdi.
Futbolchining o‘zi ushbu transferga qanday munosabatda bo‘lganinini aytib o‘tdi.
«Bu kutilmagan holat edi, deya olmayman. Muzokaralar ancha vaqtdan buyon davom etardi. Kataloniyaliklar boshqa futbolchini sotib olishni maqsad qilgandi, ammo kelishuv barbod bo‘ldi. Kelishuvni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lganida, shunday yo‘l tutishim barcha uchun yaxshi bo‘lishini anglab yetdim», - deya forvard so‘zlaridan iqtibos keliradi Ispaniyaning Sport.es nashri.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 29 yoshli futbolchi uchun «to‘pchilar»ga 10 million yevro to‘lab berdi. Jezus Kataloniya grandi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati ushbu mavsumida braziliyalik «ko‘k-anorranglilar» safida 1 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi.