Osiyo o‘yinlari 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 va Filippin U-23 milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Unda o‘zbekistonlik futbolchilar yirik (5:1) hisobida zafar quchdi. Ravshan Haydarov shogirdlari safida gollarga O‘rinboyev, Saidnurullayev (dubl), Fayzullayev va Reimov mualliflik qildi. Filippinliklarning yagona goli esa Merino nomiga qayd etildi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-23 jamoasi 2-turda Quvayt bilan kuch sinashadi. Bellashuv 18 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
Osiyo o‘yinlari. 1-tur
O‘zbekiston U-23 — Filippin U-23 (5:1)
Gollar: O‘rinboyev 30', Saidnurullayev 60, 71 (dubl), Fayzullayev 73, Reimov 80 — Merino 63.
O‘zbekiston U-23 — 21. Muratbayev, 2. Hamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 6. Hayrullayev, 7. Bahromov, 9. Saidnurullayev, 10. O‘rinboyev, 11. Jumayev, 14. Fayzullayev, 19. Karimov.
Chetlatish: Muens 51.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi