Bugun
32
O'zbek

Islom Ismoilov Elit OChLning ikkita rekordini yangiladi

Futbol
15 sentabr, 00:50
    20+
Yosh mutaxassis o‘z nomini Osiyo futbolining nufuzli musobaqasi tarixiga muhrladi.
Islom Ismoilov Elit OChLning ikkita rekordini yangiladi
Foto: FC Neftchi
14.09.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 1 : 0 Al Quwa Al Jawiya Al Quwa Al Jawiya

«Neftchi» bosh murabbiyi Islom Ismoilov «Eyr Fors»ga qarshi bahsda (1:0) Elit Osiyo Chempionlar Ligasining ikkita rekordini yangiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Kecha, 14 sentabr kuni «Eyr Fors» ustidan qozonilgan g‘alaba «Neftchi» uchun nafaqat muhim uch ochko, balki tarixiy natija bilan ham yodda qoldi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bir kunda Elit Osiyo Chempionlar Ligasining ikkita rekordini yangiladi:

🔸 Elit OChL tarixida uchrashuv o‘tkazgan eng yosh bosh murabbiy;

🔸 Elit OChL tarixida g‘alaba qozongan eng yosh bosh murabbiy.

Shu tariqa, Islombek Ismoilov o‘z nomini Osiyo futbolining nufuzli musobaqasi tarixiga muhrladi.

Ayniqsa, Osiyo futbolini yaqindan kuzatuvchi xorijlik jurnalistlarning Islombek Ismoilov haqidagi e’tiroflari uning murabbiy sifatidagi salohiyatiga bo‘lgan xalqaro e’tibor tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Al Quwa Al Jawiya Al Quwa Al Jawiya
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar