Fransiyaning nufuzli L’Équipe nashri 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda asosiy besh favoritni tanladi.
Unga ko‘ra, «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlar — «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn, «Inter Mayami» yetakchisi Lionel Messi, «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Real» hujumchisi Kilian Mbappe va «PSJ» futbolchisi Usmon Dembele.
Ma’lumot o‘rnida, Dembele «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi hisoblanadi. 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu tarixdagi yubiley 70-marosim bo‘ladi.
G‘olib FIFA reytingidagi eng yaxshi 100 ta mamlakat vakillari bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi