Bugun
32
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Futbol
15 sentabr, 01:40
    20+
Ushbu bahs 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa Toshkentda Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. O‘yin 1 oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasi Farg‘onada Eron milliy jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushishi ma’lum qilingandi. Bu o‘yin esa 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Foto: O‘FA

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Suriya Suriya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar