Bugun
32
O'zbek

Laporta: «Yamal «Oltin to‘p»ga munosib»

Futbol
15 sentabr, 02:05
    40+
«Barsa» prezidenti jamoaning 19 yoshli vingeri mukofotga loyiq ekanini aytdi.
Laporta: «Yamal «Oltin to‘p»ga munosib»
Foto: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib deb hisoblaydi.

«Agar Yamal bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsa, xursand bo‘laman. Menimcha, u bunga munosib», — dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, Lamin «Barselona» bilan Ispaniya chempioni bo‘ldi, Ispaniya milliy jamoasi safida esa 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, La Liga ushbu mavsumida Yamal 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Ularning bittasi penaltidan kiritilgan.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi esa 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Yamal mukofotga o‘zini loyiq deb hisoblashini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar