Live
1
O'zbek

«Barsa» Ferminni «Chelsi»ga 500 mln yevro to‘lansagina qo‘yib yuborishi mumkin

Futbol
14 sentabr, 10:10
    50+
Xabi Alonso futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
«Barsa» Ferminni «Chelsi»ga 500 mln yevro to‘lansagina qo‘yib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Qayd etilishicha, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bungacha Alonso Ferminga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, ehtimoliy transfer haqida suhbatlashmoqchi ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.

Shunga qaramay, «Barselona» prezidenti Joan Laporta Lopesni «Chelsi»ga qo‘yib yubormoqchi emas. London klubi futbolchini qo‘lga kiritishining yagona yo‘li — uning shartnomasida ko‘rsatilgan 500 million yevrolik tovon pulini to‘lash.

Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030/2031 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Chelsi» Fermin uchun 120 million yevrodan ko‘proq sarflashga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar