Live
1
O'zbek

“Neom” ustozi Galte raqib vakiliga oʻrta barmogʻini koʻrsatgani uchun qizil kartochka oldi

Futbol
14 sentabr, 05:25
Hodisa Saudiya Proligasi 7-turida sodir boʻldi.
“Neom” ustozi Galte raqib vakiliga oʻrta barmogʻini koʻrsatgani uchun qizil kartochka oldi
Foto: Getty Images
13.09.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Neom SC Neom SC 4 : 2 Al-Fateh Al-Fateh

“Neom” bosh murabbiyi Kristof Galte Saudiya Arabistoni Proligasining 7-turidan oʻrin olgan “Al Fotih”ga (4:2) qarshi bahs vaqtida qizil kartochka oldi.

Fransiyalik 60 yoshli mutaxassis raqiblar zaxira oʻrindigʻidagi kimgadir oʻrta barmogʻini koʻrsatgan.

Shundan soʻng hakam Galteni maydondan chetlatishga qaror qildi.

Maʼlumot uchun, “Neom” bu mavsumda 7 oʻyinda 15 ochko toʻplab, 5-oʻrinda bormoqda. Galte shogirdlari peshqadam “Al Hilol”ni magʻlub etgan yagona jamoa boʻlib turibdi.

Galte
Foto: Translyatsiyadan kadr

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neom SC Neom SC
  • Al-Fateh Al-Fateh
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar