«Al Hilol»ning rasmiy musobaqalardagi 54 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.
Simone Inzagi shogirdlari Saudiya Pro Ligasining 6-turida o‘z maydonida «Neom»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bunga qadar Riyod klubi chempionatda ketma-ket 47 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramayotgandi.
Hisob 15-daqiqada Kalidu Kulibalining o‘z darvozasiga gol urishi natijasida ochildi. 45-daqiqada Amadu Kone mehmonlarning ikkinchi golini urdi.
Qayd etish lozim, 2026 yil 13 aprel kuni «Al Hilol» Osiyo Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida «As Sadd»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan. Biroq bunday natija rasmiy statistikada mag‘lubiyat sifatida qayd etilmaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi