Live
2
O'zbek

Rasman: Ilyos Zeytullayev - «Kattaqo‘rg‘on» bosh murabbiyi

Futbol
8 sentabr, 05:47
    5+
Kuni kecha «Bunyodkor»ni tark etgan murabbiy Pro liga klubini boshqaradi.
Rasman: Ilyos Zeytullayev - «Kattaqo‘rg‘on» bosh murabbiyi
Foto: «Kattaqo‘rg‘on» FK

Bu haqda klub matbuot xizmati o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.

Endilikda Zeytullayev Samarqand viloyatining ikkinchi jamoasini Superligaga olib chiqishga urinib ko‘radi.

Foto: «Kattaqo‘rg‘on» FK

«Kattaqo‘rg‘on» rahbariyati 44 yoshli tajribali mutaxassis bilan kelishuvga erishdi. Jamoa muxlislariga bosh murabbiy vazifasini endilikda Ilyos Zeytullayev bajarishini ma’lum qilamiz.

Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Italiyada o‘tkazgan mutaxassis jamoatchilikka «Bunyodkor» murabbiyi sifatida iliq taassurot qoldirdi. Uning keyingi bekati Samarqand bo‘ladi.

Ilyos Bekirovichning "Kattaqo‘rg‘on"dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz», - deyiladi klub xabarida.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar