Live
12
O'zbek

Iraola «Liverpul» yarimhimoyachisi haqida: «U men uchun juda qadrli»

Futbol
24 oktabr, 11:33
«Qizillar» ustozi markaziy yarimhimoyachi Rayan Gravenberxning jamoa tizimidagi roli haqida gapirib o‘tdi.
Iraola «Liverpul» yarimhimoyachisi haqida: «U men uchun juda qadrli»
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Andoni Iraola markaziy yarimhimoyachi Rayan Gravenberxning jamoadagi roli haqida gapirib o‘tdi.

Ispaniyalik mutaxassis Niderlandiya milliy jamoasi a’zosi bir vaqtning o‘zida bir necha pozitsiyada foydali harakat qila olishini ta’kidladi.

«U men uchun juda qadrli. Futbolchilarning bunday universalligi juda qadrlanadi, chunki bizning tig‘iz taqvimimizda doim yordam kerak bo‘ladi. Hozir u o‘ng qanot himoyachisi rolida harakat qilmoqda. Uch oydan keyin u butkul boshqa pozitsiyada o‘ynashi mumkin va Rayan singari, uch yoki to‘rt xil pozitsiyalarda o‘ynay oladigan futbolchilar, menga juda ham katta yordam beradi», - dedi Iraola.

Ma’lumot uchun, Gravenberx 2023-yildan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib keladi. Ingliz klubi tarkibida 24 yoshli yarimhimoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda 147 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar