Live
26
O'zbek

Diash: «Raqib ikki bor hujumga o‘tib, 2 ta gol urib ketdi»

Futbol
24 oktabr, 10:36
«Shaharliklar» sardori APL 8-turi doirasidagi omadsizlikka izoh berdi.
Diash: «Raqib ikki bor hujumga o‘tib, 2 ta gol urib ketdi»
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Siti» klubi sardori Ruben Diash jamoasining safarda «Aston Villa»ga yutqazib qo‘yganiga izoh berib o‘tdi.

«Alam qilmoqda, sababi biz juda ko‘p kurashdik. Birinchi bo‘limning 10-15 daqiqasida o‘yinga kirishib olish uchun bizga vaqt kerak bo‘ldi. Ular maydondagi joylashuvini o‘zgartirdi va bunga moslashish uchun vaqt ketdi. Shunda ham biz kurashdik, vaziyatlar yaratdik, raqib esa ikki bor hujumga o‘tib, 2 ta gol urib ketdi. Juda ham samarali. Ustida ishlashimiz keraku bo‘lgan narsalar bor, biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz zarur», - dedi Diash.

Eslatib o‘tamiz, APL 8-turi doirasi o‘tkazilgan bahs birminghemliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Shaharliklar» uchun esa bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar