Live
26
O'zbek

«Fulhem» futbol klubi Yangi Toshkentda akademiya ochishi mumkin

Futbol
24 oktabr, 10:11
Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
«Fulhem» futbol klubi Yangi Toshkentda akademiya ochishi mumkin
Фото: Dunyo AA

Angliyaning «Fulhem» futbol klubi Yangi Toshkentda zamonaviy futbol akademiyasini tashkil etish imkoniyatini o‘rganishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu masala O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi diplomatlari va klub vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.

Uchrashuv O‘zbekiston prezidentining investorlar va tadbirkorlar bilan Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish bo‘yicha o‘tkazgan ochiq muloqotida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Muzokaralarda «Fulhem» klubining futbolni rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Hyu Jennings va tijorat menejeri Brett Makgoldrik ishtirok etgan.

O‘zbekistonlik diplomatlar klub vakillariga mamlakatda futbolni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, Yangi Toshkent qurilishi va shahar hududida sport inshootlarini rivojlantirish rejalari muhokama qilingan. Britaniya tomoni O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish va yosh futbolchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilayotgan e’tiborni e’tirof etgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil etish tashabbusi bo‘yicha hamkorlikning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
Bugungi yangiliklar