Italiya chempionatining 8-turida «Bolonya» safarda «Kalyari»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 57-daqiqada himoyachi Nikola Kazale gol urib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada Federiko Bernardeski «Bolonya»ning ikkinchi golini kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
A Seriya. 8-tur
Kalyari — Bolonya 0:2
Gollar: Kazale 57, Bernardeski 80.
Kalyari: Kaprile, Ze Pedro (Galyardini, 46), Deyola, Rodriges, Obert, Uinks (Sugavara, 46), Maldini (Omoruyi, 67), Romano (Fadera, 75), Massolen (Aurelio, 86), Adopo, Mendi.
Bolonya: Skorupski, Darmian (Vitik, 85), Kazale, Teat, Dzortea (Amondarayn, 75), Miranda (Libra, 75), Ferguson, Pobega, Odgor (Rahim, 75), Bernardeski (Mbangula, 88), Kambyagi.