Live
26
O'zbek

La Liga. «Elche» «Rayo Valyekano»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
24 oktabr, 10:10
«Elche» safarda uchta gol urib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
La Liga. «Elche» «Rayo Valyekano»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
24.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Rayo Vallecano Rayo Vallecano 0 : 3 Elche Elche

Ispaniya chempionatining 10-turida «Elche» safarda «Rayo Valyekano»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

23-daqiqada Federiko Redondo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Fer Ninyo ikkinchi penaltini golga aylantirdi. 39-daqiqada mezbonlar hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq Pate Siss penaltidan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda, 68-daqiqada German Valera uchinchi golni urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

La Liga. 10-tur
Rayo Valyekano — Elche 0:3
Gollar:
Redondo 23 (pen), Ninyo 36 (pen), Valera 68.

Rayo Valyekano: Audero, Pedrosa (Vertroud, 60), Balyu (Samake, 76), Lejyön, Sadik, de Frutos (Alemao, 46), Dias (Palason, 60), Siss, Lopes, Garsiya, Kamelyo (Tsitaisvili, 46).
Elche: Dituro, Redondo (Bigas, 83), Revivo, Sangare, Chust, Vilyar (Buonanotte, 46), Lemar (Neto, 72), Morsilyo, Ninyo (Osorio, 61), Sepeda (Morente, 72), Valera.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Elche Elche
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar