Live
17
O'zbek

Flik «El Klasiko» oldidan yo‘qotishlar haqida: «Ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz»

Futbol
24 oktabr, 09:00
«Barselona» bosh murabbiyi Jyul Kunde va Dani Olmoning holati haqida gapirdi.
Flik «El Klasiko» oldidan yo‘qotishlar haqida: «Ularning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz»
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 10-turi doirasida «Real»ga qarshi kechadigan bahs oldidan jamoaning tarkib bilan bog‘liq vaziyati haqida fikr bildirdi.

«Kunde ertaga o‘ynamaydi. Biz uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz. Olmo? U ajoyib formada edi, ammo omadi kelmadi. Uning safdan chiqqani juda achinarli, lekin vaziyatni qabul qilishimiz kerak. Dani bir nechta bahsni o‘tkazib yuboradi. Bizda Fermin Lopes bor, ammo Olmo yetishmaydi», — dedi Flik jurnalistlarga.

Kataloniyaliklar safida Andreas Kristensen, Erik Garsiya va Runi Bardji ham jarohat sababli maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liga doirasidagi dastlabki 10 turda ochko yo‘qotmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — «Real» bahsi bugun, 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar