Live
10
O'zbek

«Barselona» Abduqodir Husanovga taklif yuborishni rejalashtirmoqda – manba

Futbol
23 oktabr, 11:24
    65
Moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq muammolar sabab «Siti» bir qator o‘yinchilarining xizmatidan voz kechishi mumkin.
«Barselona» Abduqodir Husanovga taklif yuborishni rejalashtirmoqda – manba
Фото: Getty Images

«Barselona» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovni qishki transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda FullTime Report nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi yanvar oyida o‘zbekistonlik 22 yoshli futbolchi borasida «shaharliklar»ga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» o‘tgan yozda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgandi. Biroq klub birorta himoyachi bilan kelisha olmadi. Endilikda Xansi Flik jamoasi qishda markaziy mudofaani kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda.

Moliyaviy qoidalar bilan bog‘liq muammolar sabab «Siti» bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Husanov bu mavsumda jamoasi safida barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 596 daqiqa harakat qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

65 izoh +22 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar