Live
1
O'zbek

«Barselona» yana bir yarimhimoyachi sotib olishi mumkin

Futbol
23 oktabr, 08:41
Milanning «Inter» klubi a’zosi Andi Diuf faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
«Barselona» yana bir yarimhimoyachi sotib olishi mumkin
Foto: Gettyimages

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Andi Diuf Yevropaning bir qancha top-klublari e’tiborini o‘ziga qaratgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi xizmatlariga Londonning «Arsenal» va «Chelsi», Kataloniyaning «Barselona» hamda Parijning «PSJ» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Fransiyalik xavbekning aktual transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda. Andi Diufning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Italiya chempionati ushbu mavsumida yarimhimoyachi 6 ta bellashuvda maylonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar