Live
1
O'zbek

Gimaraes: «Nyukasl»ni tark etish menga qiyin bo‘lgandi»

Futbol
23 oktabr, 07:20
Yarimhimoyachi Londonga ko‘chib o‘tishini esladi.
Gimaraes: «Nyukasl»ni tark etish menga qiyin bo‘lgandi»
Foto: Gettyimages

Londonning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes «Nyukasl»ni tark etib, Londonga ko‘chib o‘tganini yodga oldi.

«Men hech qachon o‘zimga nisbatan «Nyukasl»da bo‘lgani kabi muhabbatni ko‘rmagandim. Juda ko‘p uyqusiz tunlarni o‘tkazdim, «Nyukasl»dan ketish men uchun qiyin bo‘ldi. O‘rtamizda o‘zgacha bog‘liqlik bor edi. Umid qilamanki, bu yerda, «Arsenal»da ham ana shunday mehrni topa olaman», — deya Gimaraes so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Saymon Kollings.

Eslatib o‘tamiz, Gimaraes 2022 — 2026-yillar oralig‘ida «Nyukasl» sharafini himoya qilgan. O‘tgan yozgi transfer oynasi vaqtida braziliyalik «Arsenal» safiga borib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Bruno Gimaraes «to‘pchilar» safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar