Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 23-oktyabrdagi bahslari ham O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Ayollar o‘rtasidagi T11 klassining uzunlikka sakrash finalida Asila Mirzayorova 5,04 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, turnir rekordini o‘rnatdi. Shahzoda Temirova esa 4,73 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi. Kumush medal Xitoy vakilasiga nasib etdi.
Shu tariqa Mirzayorova musobaqadagi ishtirokini bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medal bilan yakunladi.
Ayollar o‘rtasidagi F46 klassining yadro uloqtirish finalida Karomat Omonova 13,16 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo rekordini o‘rnatdi. Shahinaxon Yigitaliyeva esa 11,72 metr natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi T12 klassining uzunlikka sakrash finalida O‘zbekiston vakillari dastlabki ikki o‘rinni egalladi. Husniya Olimjonova 5,46 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Yoqutxon Holbekova esa 5,44 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi