Bugun
34
O'zbek

«Paxtakor» — «An Nasr» o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi

Futbol
23 oktabr, 02:55
    80
Chiptalar narxi joyiga qarab 100 ming so‘mdan 3 million so‘mgacha belgilangan.
«Paxtakor» — «An Nasr» o‘yiniga chiptalar sotuvga chiqdi
Foto: FC Pakhtakor
02.11.2026, 09:45 Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent - : - Al Nassr Al Nassr

«Paxtakor»ning Osiyo Elit Chempionlar ligasi doirasidagi «An Nasr»ga qarshi bahsi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Jamoamizning 2 noyabr kuni Elit Chempionlar Ligasida Toshkentda o‘tadigan bahsiga chiptalar sotuvi boshlandi. Shu kuni «Paxtakor» Saudiya Arabistonining eng mashhur klublaridan bo‘lgan «An Nasr»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45da «Paxtakor» stadionida boshlanadi.

Klubimiz tarixidagi eng yodda qolarli o‘yinlardan birini stadionda kuzatishni istagan muxlislar bugundan chiptalarni xarid qilishlari mumkin.

Chiptalar 6 xil narx bilan belgilangan - 100, 200, 300, 400 va 600 ming so‘mdan, CIP toifa esa 3 million so‘mdan sotuvga chiqqan.

Chipta xarid qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu havolaga o‘tishingiz mumkin:
https://iticket.uz/events/sport/ppaalsr26/57012

Qaerdan xarid qilish mumkin?
1.
Iticket.uz sayti
2. Iticket ilovasi
3. Kassalardan: «Paxtakor» stadionida 2 ta kassa va «Humo Arena»da 1ta kassa

📲 Saytdan xarid qilganlar uchun muhim ma’lumot:

Sayt orqali xarid qilingan chipta faqat Iticket ilovasida ko‘rinadi. Shu sababli, ilovaga saytdagi ma’lumotlar bilan, ya’ni o‘sha akkaunt orqali kiring, aks holda chipta ko‘rinmaydi.

🔐 QR-kod ilovada o‘yin boshlanishidan 3 soat oldin paydo bo‘ladi.

Xavfsizlik maqsadida chiptani nusxalash, skrinshot qilish yoki boshqa birovga yuborish imkoni yo‘q.

❗️ Sotib olingan chiptalar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.

Barcha orziqib kutayotgan muhim bellashuvni o‘tkazib yubormang!»
— deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Nassr Al Nassr
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

80 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar