Live
15
O'zbek

Doston Hamdamov: «Raqibni bunchalik kuchli deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi»

Futbol
12 oktabr, 22:15
    37
«Paxtakor» hujumchisi «Al Qodisiya» bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Doston Hamdamov: «Raqibni bunchalik kuchli deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi»
Foto: FC Pakhtakor
12.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 1 : 1 Al Qodasiya Al Qodasiya

Elit OCHL 2-turidan oʻrin olgan “Al Qodisiya”ga (1:1) qarshi oʻyinda “Paxtakor”ni magʻlubiyatdan qutqarib qolgan Doston Hamdamov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Bunchalik kuchli o‘ynashadi, deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi.

Zaxiradan tushganim? Asosiyda tushasizmi yoki zaxiradan, doim jamoa uchun borini berish kerak.

Penalti? Akmal Mozgovoy bilan tortishganimiz yo‘q. «Tepasizmi?» deb so‘radi. «Ha, tepaman» dedim. Xayolimda faqat gol urish bo‘ldi»,
— deya «sherlar» hujumchisining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Qodasiya Al Qodasiya
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

37 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar