Live
3
O'zbek

«Neftchi» xalqaro maydondagi 60-uchrashuvini o‘tkazdi

Futbol
13 oktabr, 13:25
«Neftchi» xalqaro musobaqalarda o‘tkazgan 60 uchrashuvining 27 tasida g‘alaba qozongan.
«Neftchi» xalqaro maydondagi 60-uchrashuvini o‘tkazdi
Фото: Нефтчи ПФК

«Neftchi» Elit Osiyo Chempionlar ligasi 2-turida Saudiya Arabistonining «An Nasr»ga qarshi maydonga tushib, o‘z tarixidagi 60-xalqaro uchrashuvini o‘tkazdi.

12 oktabr kuni Ar Riyodda kechgan bahs 3:1 hisobida Saudiya Arabistoni vakili foydasiga yakunlandi. Natijadan qat’i nazar, mazkur uchrashuv «Neftchi»ning xalqaro musobaqalardagi faoliyatida muhim tarixiy ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Besh xil xalqaro musobaqada 60 ta o‘yin

«Neftchi» shu paytgacha Osiyo miqyosidagi beshta turli klub musobaqasida ishtirok etgan.

Farg‘onaliklar OFK kubogida 16 ta, Osiyo kubok egalari kubogida 2 ta, Osiyo klublar chempionatida 17 ta, Osiyo Chempionlar ligasida 23 ta hamda Osiyo Chempionlar ligasi Elitasida 2 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Shu tariqa, klubning xalqaro maydondagi jami o‘yinlari soni 60 taga yetdi.

27 ta g‘alaba va 104 ta gol

«Neftchi» xalqaro musobaqalarda o‘tkazgan 60 uchrashuvining 27 tasida g‘alaba qozongan. 10 ta bahs durang bilan yakunlangan bo‘lsa, 23 uchrashuvda jamoa mag‘lubiyatga uchragan.

Farg‘onaliklar ushbu o‘yinlarda raqiblar darvozasiga 104 ta gol urgan, o‘z darvozasidan esa 92 ta to‘p olib chiqqan.

Eng yaxshi ko‘rsatkich — Osiyo klublar chempionatida

Musobaqalar kesimida «Neftchi» Osiyo klublar chempionatida 17 uchrashuv o‘tkazib, 9 ta g‘alaba, 4 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

OFK kubogida jamoa 16 bahsda 7 marta g‘alaba qozongan, 5 uchrashuvda durang o‘ynagan va 4 marta imkoniyatni boy bergan.

Osiyo Chempionlar ligasidagi 23 uchrashuvda esa «Neftchi» 9 ta g‘alaba, 1 ta durang va 13 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Osiyo kubok egalari kubogida o‘tkazilgan ikki bahsning bittasi g‘alaba, bittasi mag‘lubiyat bilan tugagan.

Osiyo Chempionlar ligasi Elitasining joriy mavsumida esa farg‘onaliklar ikki uchrashuvda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

60 uchrashuv — ikki murabbiy qo‘l ostida

«Neftchi»ning xalqaro maydondagi 60 uchrashuvi ikki murabbiy boshchiligida o‘tkazilgan.

Ularning 58 tasida jamoani klub tarixidagi eng taniqli mutaxassislardan biri Yuriy Sarkisyan boshqargan. Yana ikki uchrashuv esa amaldagi bosh murabbiy Islombek Ismoilov qo‘l ostida o‘tkazildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
Bugungi yangiliklar