«Galatasaroy» va «Barselona» jamoalari o‘rtasida UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahs Turkiya futboli tarixidagi eng qimmat o‘yin sifatida e’tirof etildi. Bu haqda The Touchline nashri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yevropa futbolidagi ushbu o‘yin uchun ayrim chiptalar narxi 1520 dollargacha (taxminan 1400 yevro) yetgan. Shunga qaramay, stadionda to‘liq anshlag kuzatiladi — barcha chiptalar uchrashuv boshlanishidan ancha oldin sotib bo‘lingan.
Kutilishicha, Istanbul klubining chiptalar va klub ramzlari tushirilgan mahsulotlar savdosidan oladigan umumiy daromadi faqat shu o‘yin kunining o‘zida taxminan 5 million dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy»ning uy stadioni — «RAMS Park» 52 mingdan ortiq tomoshabinni sig‘dira oladi. U jahon futbolidagi eng shovqinli muhitlardan biri sifatida tanilgan.
«Galatasaroy» «Barsa» bilan o‘yindan rekord darajada daromad oladi
Futbol
13 oktabr, 06:50
7
Bugungi bahs Turkiya futboli tarixidagi eng qimmat o‘yinga aylanadi.
Foto: Getty Images
13.10.2026, 15:00
Chempionlar ligasi
Galatasaray
-
:
-
Barselona
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi