Live
4
O'zbek

Kubarsi: «Real»ning hakamlik borasidagi shikoyatlari qiziqtirmaydi»

Futbol
13 oktabr, 07:42
«Barsa» himoyachisi Madrid klubining shikoyatlariga munosabat bildirishdan tiyildi.
Kubarsi: «Real»ning hakamlik borasidagi shikoyatlari qiziqtirmaydi»
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi 2026/2027 yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi o‘yin oldidan «Real»ning Ispaniya chempionati 8-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga (1:0) qarshi bahsdagi hakamlikdan noroziligi haqidagi shikoyatlariga munosabat bildirishdan tiyildi.

«Meni «Real»ning hakamlik borasidagi shikoyatlari qiziqtirmaydi. Klubimizdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarga unchalik e’tibor qaratmaymiz», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi AS nashri.

«Galatasaroy» va «Barselona» o‘rtasidagi bellashuv 13-oktyabr kuni Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsni italiyalik hakam Marko Guida boshqarib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar