«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi «Oltin to‘p» taqdirlash marosimida g‘olibga mukofotni topshirmaydi. Argentinalik futbolchi bu vazifani bajarish uchun tashkilotchilar tomonidan taklif qilinmagan. Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli hujumchining taqdirlash marosimida umuman qatnashishi ham hozircha tasdiqlanmagan.
Shu bilan birga, Messi bu yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga da’vogar 30 nafar futbolchi ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, mukofotni taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni London shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yilgi tadbir mukofot tarixidagi yubiley — 70-marosim hisoblanadi.
«Oltin to‘p» sohibi FIFA reytingidagi eng yuqori 100 ta o‘rinni egallagan mamlakatlarning har biridan bir nafardan tanlangan, jami 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlanadi. O‘tgan yili ushbu mukofotni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgandi.
Avvalroq Messi ushbu tadbirda oilasi bilan ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgandi.