Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Tiago Pitarch qishki transfer oynasida boshqa jamoaga ijaraga ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi agar asosiy jamoadagi holati yaxshilanmasa va yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, yanvar oyida vaqtincha klubini almashtirishga tayyor. Hozircha Joze Mourinyo Tiagoga imkoniyat bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, Pitarch o‘tgan yili Alvaro Arbeloa qo‘l ostida asosiy jamoada o‘ynagan. Bu vaqt ichida 16 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.
Avvalroq futbolchiga «Fulhem» jamoasi tomonidan qiziqish bo‘lgandi. Biroq Madrid klubi esa ushbu transferga qarshilik qilgandi.