Live
2
O'zbek

Messi kelajagi porloq deb hisoblagan 10 nafar yosh futbolchini aytdi

Futbol
13 oktabr, 10:40
Argentinalik yulduz e’tirof etganlar qatorida «Arsenal», «Komo» va «Ayntraxt» o‘yinchilari bor.
Messi kelajagi porloq deb hisoblagan 10 nafar yosh futbolchini aytdi
Foto: Getty Images

«Inter Mayami» klubining argentinalik yulduz hujumchisi Lionel Messi Adidas kompaniyasining «Messi +10» loyihasi doirasida kelajagi porloq deb hisoblangan 10 nafar futbolchini tanladi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Messi 2026 yilda qo‘llab-quvvatlagan yosh futbolchilar:

Erkaklar:
Tomas Aranda — «Boka Xuniors» (Argentina), 19 yosh.

Maks Doumen — «Arsenal» (Angliya), 16 yosh.

Zeyvier Gozo — «Kristal Pelas» (AQSh), 19 yosh.

Hesus Rodriges — «Komo» (Ispaniya), 20 yosh.

Kes Smit — AZ (Niderlandiya), 20 yosh.

Gilberto Mora — «Tixuana» (Meksika), 17 yosh.

Jan Uzun — «Ayntraxt» (Germaniya), 20 yosh.

Ayollar:
Xloya Sarvi — «Chelsi» 😄(Angliya), 17 yosh.

Jovanna Vaksman — «Lion», (Braziliya), 17 yosh.

Lotta Vrede — «Hamburg» (Germaniya), 18 yosh.


Nashrning ta’kidlashicha, Adidas ushbu avlodni «Keyingi bob shu yerda boshlanadi» shiori ostida taqdim etgan. Kampaniyaning asosiy qahramoni esa Lionel Messi hisoblanadi.

«Bu rasmiy reytingdan ko‘ra, yosh iste’dodlarni reklama qilishga qaratilgan loyihadir. Biroq argentinalik yulduzning ushbu tashabbusda ishtirok etishi ro‘yxatdagi har bir futbolchiga bo‘lgan e’tiborni darhol oshiradi», — deya qayd etadi Marca nashri.

Bugungi yangiliklar