«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash klub atrofidagi vaziyat fonida jamoa sardori sifatidagi vazifalari haqida gapirdi.
«Har doim boʻlgani kabi sardor jamoa yonida boʻlishi va zarur boʻlgan barcha masalalarda yordam berishi kerak.
Hozir oldimizda biroz boshqacharoq sinov turgan boʻlishi mumkin, garchi bunday holatlar avval ham kuzatilgan boʻlsa-da. Men bunga tayyorman. Qolgan uch sardor va butun jamoa ham tayyor. Biz klubni himoya qilamiz, uning manfaatlari uchun kurashamiz va klubga ishonamiz, — deya portugaliyalik futbolchining soʻzlarini keltiradi BBC.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgani haqida xabar berilgandi. Biroq hozircha klubga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo choralari boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«Shaharliklar» navbatdagi bahsni 14 oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi oʻtkazadi.
Diash: «Siti»ni himoya qilamiz va uning manfaatlari uchun kurashamiz»
Futbol
13 oktabr, 11:06
«Shaharliklar» sardori klub atrofida boʻlayotgan voqealarga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images