«Fulhem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning omadsiz o‘yinlari va Angliya chempionatini muvaffaqiyatsiz boshlagani ortidan iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis shogirdlari APLning dastlabki 6 ta o‘yinida atigi 2 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining so‘nggi o‘rnida bormoqda.
«Balki, siz mening kimligimni bilmaysiz, ammo men dunyoning eng yaxshi klubida o‘ynaganman va uning bosh murabbiyi bo‘lib ishlaganman. Ehtimol, bu sizga ma’lum emasdir, lekin shuni aytmoqchimanki, bosim menga bolaligimdan hamroh bo‘lib kelgan.
Bu — futbolning ham o‘yinchilar, ham murabbiylar uchun mutlaqo tabiiy qismi. Hatto menga bu bosimni his qilish yoqadi va zarracha ham qo‘rquvni his qilmayapman. Agar qo‘rqsangiz, futbol murabbiyi bo‘lib ishlay olmaysiz. Hozir bizdan talab qilinayotgan yagona narsa — astoydil mehnat qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va futbolchilarga ishonch bag‘ishlash», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumning ikkinchi qismida Alvaro Arbeloa Xabi Alonso iste’foga chiqarilganidan so‘ng Madridning «Real» klubida bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajargandi.
Arbeloa: «Balki, bilmaysiz: dunyoning eng yaxshi klubida bosh murabbiy bo‘lganman»
Futbol
12 oktabr, 11:03
13
«Fulhem» ustozi iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi