Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi sobiq jahon chempionlari — britaniyalik Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jangga chiptalar 40 daqiqa ichida to‘liq sotib bo‘lindi. Bu haqda Source of Boxing nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fyuri — Joshua jangiga chipta sotib olish uchun 500 mingdan ortiq muxlis onlayn navbatga turgan. Chiptalar narxi 120 dollardan 17 ming dollargacha bo‘lgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar tadbirlar boshqarmasi rahbari Turki Al ash Shayx ham jang chiptalarining sotilishi haqida ma’lumot bergandi.
«Biz bu jang juda katta voqea bo‘lishini bilardik. Ayni paytda chipta olish uchun 700 ming kishi navbatda turibdi. Ticketmaster platformasida 500 mingdan ortiq, stadionning rasmiy saytida esa 170 mingdan ortiq kishi navbat kutmoqda», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang 11-dekabr kuni Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fyuri-Joshua jangi chiptalari 40 daqiqa ichida sotib bo‘lindi
Boks
12 oktabr, 11:25
500 mingdan ortiq kishi onlayn navbatga turdi.
Foto: Getty Images