Live
3
O'zbek

Ronaldu: «Tarixdagi eng universal futbolchiman»

Futbol
12 oktabr, 12:39
    87
Portugaliyalik hujumchi Messi, Pele va Maradonani yoqtiradiganlarni ham hurmat qilishini aytdi.
Ronaldu: «Tarixdagi eng universal futbolchiman»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi va Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini tarixdagi eng universal futbolchi deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Agar kimdir Messi, Pele yoki Maradonaga ustunlik bersa, bu — shaxsiy did masalasi. Men buni hurmat qilaman.

Ammo Krishtianu Ronaldu universal futbolchi emas, deb aytish — bu yolg‘on. Men eng universal futbolchiman»
, — dedi Ronaldu CNN Portugal nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, 27 sentyabr kuni Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsida Portugaliya bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduni qizish mashqlariga yuborib, so‘ng uni o‘yinga tushirmagandi.

30 sentyabr kuni hujumchi milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. 6 oktabr kuni esa futbolchi o‘z qarorining sabablarini bayon qilgan va Jorje Jezushni bergan va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonotni e’lon qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

87 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar